Biz haqimizda

«UniTour» bilan olam eshiklari siz uchun ochiq.

«UniTour» – chet elda tahsil olish uchun sharoit yaratib beruvchi ta‘lim sohasidagi yirik konsalting kompaniyasi. Tashkilot dunyo ta’lim tizimida xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar reytingida yetakchi o‘rinda turadi.

Tashkilotimizning maqsadi har bir talabaga dunyo miqiyosidagi oliygohlarda o‘qish, o‘z imkoniyatlarini kengaytirish, bilim darajasini oshirish, jadal yurayotgan zamonaviy xorijiy ta’lim tizimi asoslaridan bohabar bo‘lish, jahon hamjamiyatining to‘laqonli a’zosiga aylanishga yordam berishdir.

Biz haqimizda
Video shaklida ko'rish

Kompaniya tomonidan taklif etilayotgan ta’lim maskanlari hayotingizni o‘zgartirishiga va sizni har tomonlama barkamol inson bo‘lib yetishishingizga tayanch bo‘la oladi.  Uch yildan ortiq vaqt mobaynida  «UniTour» talabalar va abituriyentlarni chet elga ta’lim olish uchun yuborish va tayyorlash bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Faoliyatimiz davomida biz 300 dan ortiq talabalarni dunyoning eng yaxshi universitetlariga o‘qishga joylashga muvaffaq bo‘ldik.  Biz ular bilan faxrlanamiz, chunki bugungi kunda ular o‘z ishlarini turli mamlakatlarda yo‘lga qo‘yib, sohalarining mutaxassislariga aylanmoqdalar.  «UniTour» tashkiloti sizga chet elda ta’lim olib ular kabi yetuk inson bo‘lishingizga yordam beradi.

Biz Yevropa, Osiyo, Amerikaning eng ilg‘or universitetlari bilan hamkorlik qilamiz va sizga ular ichidan eng ma’qulini tanlashga yordam beramiz. Universitet tanlashda biz nafaqat rasmiy mezonlarga (narx, joylashish joyi, dastur mazmuni) e’tibor qaratamiz, balki talabaning iste’dodidan kelib chiqqan holda o‘z istak xoxishlarini inobatga olib yo‘l yo‘riq ko‘rsatamiz.  To‘g‘ri tanlangan oliygoh birinchi navbatda samarali bilim olishga, talabaning salohiyatini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Tashkilot xodimlari chet el oliy o‘quv yurtlarining bo‘lg‘usi talabalariga hayotda o‘z yo‘llarini topishlarini va butun dunyo imkoniyatlari ular uchun  ochilishini chin dildan tilaydi.

Konsultatsiya

1 yillik bepul konsultatsiya

O'qishni ko'chirish imkoniyat

1-kursni yakunlab o'qishni ko'chirish imkoniyati

Nufuzli Oliygohlar

Dunyoning nufuzli Oliygohlari