«UniTour» Consulting

Bizning xizmatlar

«UniTour» konsalting agentligi sizni talaba bo’lganingizdan so’ng yana bir yil xizmatingizda bo’ladi.

«UniTour» Consulting

UniTour korxona xodimlari dunyoning nufuzli Oliygohlarida o‘qishni istagan talabalarga bir qator xizmatlarini taklif etadi: mamlakat va o’qish dasturini tanlash, qabulga tayyorgarlik ko’rishga qarashish, hujjatlarni rasmiylashtirish va chet el hayotiga moslashishga yordam berish.

UniTour mutaxassislari ko‘pgina ilg‘or universitetlarning xususiyatlarini, ular joylashgan mamlakatning sharoitlarini o‘rganib kelishmoqda.

Biz oliygohni tamomlab o‘z ishingizni boshlashingiz, yetuk inson bo‘lib yetishishingiz va yuqori martabaga erishishingizni istaymiz. Bizning vazifamiz ‐ muvaffaqiyat sari yo‘lingizda sizni qo‘llab quvvatlash.

Shuning uchun biz:

UniTour agentligining professional konsultantlari sizga nafaqat universitetni, balki kelajakdagi kasbingizni tanlashda ham ko‘makdosh bo‘lishadi. Chunki sizning martabangiz oshishidan, baland cho‘qqilarni zabt etishingizdan manfaatdormiz.

Bosqichma-bosqich maqsad sari olg‘a bosamiz!

01.

Diagnostika

Biz sizning bilim darajangizni tekshiramiz va natijalarga ko'ra universitetlarni va ulardagi yo‘nalishlarni tahlil qilamiz. Kelajakda u yerda o'qish siz uchun qiyin bo'lmasligi uchun biz har bir oliygohning ijobiy va salbiy tomonlarini ko'rib chiqamiz.

02.

Kirish

Bizning mutaxassislarimiz o‘qishga qabul qilish talablari haqida barcha ma'lumotga ega va shuning uchun sizga kerakli maslahatlarni berishadi. Universitetlarga kirish uchun siz suhbatdan o'tishingiz kerak bo‘ladi, shuning uchun intervyuda ishtirok etish bo'yicha tavsiyalar beramiz. Har bir tlaba bilan shaxsiy mutaxassis ishlaydi

03.

Ro'yxatdan o'tish

Universitetga muvaffaqiyatli kirish uchun siz arizani to'g'ri tuzishingiz, hujjatlarning to'liq ro'yxatini to'plashingiz va belgilan muddat ichida topshirishga ulgurishingiz kerak bo‘ladi - bu kabi barcha tashvishlarni biz o‘z bo‘ynimizga olamiz.

04.

Moslashuv

Yangi mamlakatda ko‘chib o‘tish, notanish insonlar orasida yashash, o‘qish oson emas. Ammo xavotir olmang, bizning xodimlarimiz sizni chet el hayotiga tayyorlashadi va mashg‘ulotlaringiz davomida siz bilan aloqada bo‘lishadi.

«UniTour» Consulting

Biz sizni doimo qo‘llab-quvvatlaymiz.

Ko‘pincha, talabalar o‘qishga kirgach ular bilan konsalting xodimlari aloqani uzishadi.  UniTourda bunday bo‘lmaydi. Bizning boshchiligimizda chet el mamlakatlariga yuborilgan har bir talaba nazoratimiz ostida bo‘ladi, kerakli maslahatlar, konsultatsiya bepul beriladi. 

Siz bilan bog'lanishimiz uchun

Ma'lumotlarni to'ldiring